Navbatdagi sessiyada yettita masala ko‘rib chiqildi
2023-02-27 14:02:58 684
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 52-sessiyasida tuman Kengashi deputatlari, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.Bugungi sessiya kun tartibiga qo‘yidagi masalalar kiritilgan jumladan:
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Rishton tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Sh. Rahimovning “Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha “Chek Jalayer” va “Chek-Nasriddin” MFY hokim yordamchilarining 2023 yil fevral oyidagi faoliyati samaradorligi to‘g‘risida”gi axboroti.
✅ Farg‘ona tumanlararo ma’muriy sudi tomonidan 2022 yil mobaynida odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyati yuzasidan sud raisi S. Qurbonovning axboroti.
✅ Fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudi tomonidan 2022 yil mobaynida odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyati yuzasidan sudi raisi Sh. Axunbayevning axboroti.✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muxofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 30 dekabrdagi PF-46-son Farmoni ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yashil bog‘lar” va “Yashil jamoat parklari”ni barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022 yil 27-sentyabrda qabul qilingan 529-son qaroriga asosan Rishton tumanida “Yashil bog‘lar” barpo etish bo‘yicha tuman hokimini o‘rinbosari N.Oripovning axboroti.
✅ Rishton tumanida 4-bosqich “Ayollar daftari”ga kiritish yuzasidan 71 ta MFY lar kesimida shakllantirilgan xotin-qizlar ro‘yxati va “Yo‘l xarita”ni tasdiqlash.
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 iyundagi“Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-5152-sonli Qarori ijrosi yuzasidan tumandagi ko‘p kvartirali uylarning har bir metr kvadrati uchun oylik “Majburiy badal” miqdorini belgilash bo‘yicha tuman uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i M. Qo‘ziboyevning axboroti.
✅ Tuman hokimligi zaxira fondidagi bo‘sh turgan va zaxirada bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarida qishloq xo‘jaligi korxonasi yoki dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun ochiq elektron tanlovga chiqarish bo‘yicha 152 ga yer maydonlari uchun tayyorlangan loyihalar yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari N.Maxmudovning axboroti.
✅ Boshqa masalalar:
Sessiya davomida muzokara uchun so‘z olganlar kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tishdi.
Sessiyada kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi