✅Hashar - elga yarashar

×

 2023-02-27 13:57:06    285

PDF yuklash
Chop etish


Ma’lumki xalqimiz ma’naviyatida, qadriyatlarida boshqa xalqlar o‘rgansa va o‘z tajribasida qo‘llashga arziydigan ko‘pgina ibratli tajribalari mavjud. Masalan, "hashar" deb atalgan tadbir barchani birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Hashar - bu xalqimizning qadimiy va azaliy qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-saxovat va bunyodkorlik mujassam.
Hashar bahona odamlar orasida oqibat rishtalari bog‘lanadi, yon-atrof tartibga keltiriladi. Qabristonlar gul-maysalarga, yashillikka burkansa, har bir qabr usti tozalanib, sarishta qilinsa, marhumlar ruhi shod bo‘ladi. 
Shu bois, marhumlarning ruhi-poki qo‘nim topgan maskanlar - qabristonlarni obod qilish marhumlarga bo‘lgan hurmat belgisidir.
Kecha Qoshqayron MFY hududidiga “Xo‘ja Ilg‘or” qabristonida hashar tashkil etildi. Ushbu hasharda “Ar Roshidoniy”, “Ho‘ja Ilg‘or” va “Qoshqayron” MFY raislari hamda ushbu mahalla fuqarolari ishtirok etishib, “Yashil makon” loyihasi doirasida manzarali daraxtlar ekishdi.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab