Qoshqayronliklar mahallada suv muammosini bartaraf etishga qaratilgan ishlardan mamnun
2023-02-17 06:58:40 245
Ayni kunlarda "Qoshqayron" MFYda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi «2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-408-sonli qaroriga asosan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.Tumanimizning 3-sektori hududidagi ushbu mahalla fuqarolar yig‘inidagi muammolardan biri bu mahallada sug‘oriladigan suvi yetishmovchiligi hisoblanadi. Bugungacha suv ta’minoti bo‘yicha ishlar olib borilgan bo‘lsada, aholiga to‘liq yetib bormagan va bu muammo mahalla ahlining ko‘pchiligini qiynamoqda.
Ayni kunda mazkur muammoni hal etilishi bo‘yicha mahallada amaliy ishlar boshlanib ketdi. Mahallada tik quduq qazish ishlari boshlab yuborildi. Bu ishlardan mahalla ahlining quvonchi cheksiz va bizga fuqarolarning o‘zlari ish jarayoni haqida ma’lumotlar jo‘natishmoqda.
Qoshqayron mahallasida yashovchi fuqaro Gʻafforjon Zokirovning so‘zlariga ko‘ra, amaliy ishlarni ko‘rib, mahalla ahli juda xursand. Mutaxassislarning ma’lumotiga ko‘ra, ushub yo‘nalishda bugun soha xodimlari tomonidan ishlar olib borilmoqda va ular “obi hayot” olish ilinjida astoydil harakat qilishayotir.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi