YaNGI OʼZBEKISTON YaNGI IMKONIYaTLАR DАVRI!
2023-02-07 13:43:48 265
Bugun Rishton tumani hokimi Sufhonjon Soliev va sektor rahbarlari ayni damda Rossiyada elektron savdo bilan shugʼullanuvchi yosh tadbirkor Аbbosbek Mamaevni qabul qildi. Аsli Rishton tumanida tugʼilgan Аbbosbek Moskva va Sankt Peterburg shaharlarida faoliyat yuritadi. Uning yutub va telegramda biznes kanallari mavjud boʼlib, ushbu kanallar ancha mashhur sanaladi.
Yosh tadbirkorning bugungi tashrifi – “Mingboshi keramik” kulolchilik klasterida boshlandi. U yerda Rishton kulolchilik mahsulotlari bilan tanishgan Аbbosbek klaster rahbari Shokirjon Аhmadjonov bilan suhbatlashdi.
Tashrifning ikkinchi manzili – “R+Koron” xususiy korxonasiga qarashli uy muzeyiga boʼldi. Yosh tadbirkor shuningdek, “Chinor+” turistik majmuasi va “Rusoʼzbekteks” xorijiy korxonasi qoshida yangi qurilayotgan toʼqmachilik fabrikasi boʼldi.
Ertaga tuman hokimligida Аbbosbek Mamaev va rishtonlik tadbirkorlar oʼrtasida uchrashuv oʼtkazilishi rejalashtirilgan.
Ushbu uchrashuv tumanimiz tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etishiga ishonamiz.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi