Tumanimizdagi mahallalarda ichimlik suv tarmogʼi tortish ishlari davom etmoqda
![](https://rishton.uz/uploads/photo_2023-02-02_17-19-33.jpg)
2023-02-03 08:59:22 477
Rishton tumanida qishloq va mahallalarda infratuzilma bilan bogʼliq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, ichki yoʼllar, ichimlik suv, elektr energiyasi va gaz taʼminotini, taʼlim, sogʼliqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa infratuzilma obʼektlarini yaxshilash, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Prezidentimizning 2022 yil 25 oktyabrda qabul qilingan “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori asosida hududlarda salmoqli ishlar boshlab yuborildi.
Tumandagi "Uyrat", "Sohibkor" va "Yoshlik" mahallalarida ham ichimlik suv taʼminoti bilan bogʼliq mavjud muammolarni bartaraf etish va bu orqali aholiga qulaylik yaratish ishlari amalga oshirilmoqda.
Tumandagi barcha mahallalarda hududlar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida obodonlashtirish va qurilish-taʼmirlash ishlari davom etmoqda.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38![](https://rishton.uz/images/img/ban.jpg)
Ishonch telefoni statistikasi
![](https://rishton.uz/dist/img/ctrl.jpg)