FUQАROLАR QАBULI – XАLQ BILАN OChIQ MULOQOT
2023-01-26 14:48:53 251
✍️ Bugun Xalq qabulxonasida tuman hokimi S. Solievning navbatdagi fuqarolar qabuli oʼtkazildi.
✳️ Unda sektor rahbarlari, hokim oʼrinbosarlari hamda tumandagi idora va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
✅ Qabul chogʼida tuman hokimi tomonidan fuqarolarning murojaatlari birma-bir tinglandi. Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda turli masalalarga oid 35 dan ziyod murojaatlar koʼrib chiqildi.
✳️ Qabul davomida barcha murojaatlar tegishli tartibda roʼyxatga olinib, yechimi oson boʼlgan murojaatlar joyida hal etildi va ayrim murojaatlar huquqiy maslahat va tushunchalar bilan qoniqtirildi. Muddat talab etiluvchi murojaatlar esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, nazoratga olindi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi