TАDBIRKOR BILАN UChRАShUV
2023-01-24 15:58:38 289
Tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkor va ishbilarmonlar uchun qulay sharoitlar yaratish – iqtisodiyotni rivojlantirish, yangi ish oʼrinlari yaratish, aholi turmush farovonligini yanada yuksaltirishda muhim omil hisoblanadi. Bugun nafaqat ishlab chiqaruvchi, tijorat va biznes olami vakili, balki jamoatchilikning faol aʼzosi sifatida xalq bilan birga, uning dardu tashvishi, quvonchi bilan yashayotgan tadbirkor bilan yanada jipslashib ishlash, uning dardi-holini eshitish, muammolariga tezda yechim topish davrimizning dolzarb vazifasiga aylandi. Mamlakatimiz iqsodiyotini tadbirkorlarsiz tasavvur qilib boʼlmaydi. Chunki aholining bandligi, daromadining doimiyligi va uzluksizligi, qolaversa, byudjet tushumlari salmogʼi aynan tadbirkorlikka bogʼliq.
Rishton tumanida bu boradagi ishlar uzluksiz davom ettirilmoqda. Xususan, tuman hokimi har kuni tadbirkorlar bilan uchrashuv oʼtkazish odatga aylangan. Аna shunday uchrashuvlardan biri bugun usta-kulol, yosh tadbirkor, “Mingboshi Keramik” korxonasi rahbari Shokirjon Аhmadjonov bilan boʼldi. Uchrashuv davomida tuman hokimi uning yangi gʼoyalari, yangi ish rejalari bilan tanishdi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi