Mahallalarda ichimlik suv tarmogʼi tortilmoqda

×

 2023-01-17 15:03:06    311

PDF yuklash
Chop etish


☸️ Rishton tumanida qishloq va mahallalarda infratuzilma bilan bogʼliq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, ichki yoʼllar, ichimlik suv, elektr energiyasi va gaz taʼminotini, taʼlim, sogʼliqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa infratuzilma obʼektlarini yaxshilash, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
✳️ Prezidentimizning 2022 yil 25 oktyabrda qabul qilingan “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori asosida hududlarda salmoqli ishlar boshlab yuborildi. 
???? Tumandagi bir qator mahalla fuqarolar yigʼinlarida ichimlik suv taʼminoti bilan bogʼliq mavjud muammolarni bartaraf etish va bu orqali aholiga qulaylik yaratish ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, “Pastki Beshkapa” MFY hududida 6 km ichimlik suvi tarmogʼi tortiladi va 2 ta quduq rekonstruktsiya qilinib yumshatish uskunasi oʼrnatiladi. “Yoshlik» MFYda ham 2 km ichimlik suv tarmogʼi tortilmoqda va bitta quduq toʼliq rekonstruktsiya qilinadi. “Boʼston” MFYda 1 km ichimlik suvi tarmogʼi tortilmoqda va bitta quduqni toʼliq rekonstruktsiya qilish va yumshatish uskunasi oʼrnatilish ishlari boshlandi. 
???? Tumandagi barcha mahallalarda hududlar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida obodonlashtirish va qurilish-taʼmirlash ishlari davom etmoqda.

Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab