Tuman hokimi umumtaʼlim maktablaridagi isitish tizimlarining barqarorlik holatini oʼrgandi
2023-01-16 16:56:06 354
Rishton tumanidagi barcha hududlarda hokim, maktab direktori va mahalla raislari bilan maktablardagi issiqlik taʼminoti holati oʼrganilmoqda. Bugungi vaziyatni alohida eʼtiborga olib, Rishton tumani hokimi Sufhonjon Soliev tumandagi maktablar issiqxonalarini oʼrgandi. Birinchi galda taʼlim muassasalarining issiqlik tizimi oʼrganildi. Qishning sovuq kunlariga va oʼquv jarayonlariga koʼrilgan tayyorgarlik holatini koʼzdan kechiriddi. Oʼqituvchilar va maktab direktorlari bilan suhbatda mavjud muammolarni bartaraf qilish, zarur sharoit yaratish boʼyicha kelishib olindi.Tuman hokimi tomonidan birinchi galda maktablar issiqlik tizimi va ish faoliyatini olib borayotgan pedagog-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar va topshiriqlar ijrosi oʼrganildi. Umuman olganda, bu kabi oʼrganishlar boshqa hududlarda ham davom etmoqda.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi