Turkiya davlatidan uskunalar olib kelindi
2023-01-11 14:11:51 248
Rishton tumani “Birlashgan” mahallasi hududida joylangan “Qahramon” gʼallachilik klasteri qoshidagi MTPda bugun yirik loyiha boʼy koʼrsatmoqda. “Qahramon” gʼallachilik klasterida 6 mlrd.soʼm qiymatga ega bugʼdoyni qayta ishlash loyihasi koʼrildi. Turkiyalik investorlar hamkorligida joriy yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan ushbu 60.0 tonnalik don qayta ishlash un zavodiga bugun Turkiya davlatidan uskunalar toʼliq yetib keldi.
Turkiya davlatidan olib kelingan, zamonaviy un mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasining kunlik ishlab chiqarish quvvati 60 tonnaga teng
Mazkur zavod Navroʼz bayrami arafasida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan boʼlib, uning natijasida 15 nafardan ortiq yoshlar ish bilan taʼminlanadi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi