TUMАN ShTАBI FАOLIYaTIDАN: MАHАLLАLАRDА ShАGʼАLLАShTIRISh IShLАRI DАVOM ETMOQDА

×

 2023-01-07 11:14:47    239

PDF yuklash
Chop etish


????Аvval xabar berganimizdek tuman ichki ishlar boʼlimida tuman hokimining birinchi oʼrinbosari rahbarligida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʼyicha kutilayotgan natijalar hamda qish mavsumini betalofat oʼtkazish boʼyicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirib boruvchi tuman shtabi tashkil etilgan.Shtabda MFYlar xonadonlari kunlik xatlov natijalari muvofiqlashtirilib, tushgan murojaatlar ijobiy hal etib borilmoqda. Tashkil etilgan tezkor ishchi guruhlar tumandagi mahallalarda uyma-uy yurib, odamlarni qiynayotgan muammo va kamchiliklarni oʼrganmoqda. Oʼrganishlar doirasida elektr energiyasi, gaz, toza ichimlik suvi taʼminoti, koʼchalarni taʼmirlash, aholi bandligini taʼminlash, koʼmakka muhtoj oilalar, nogironligi boʼlgan shaxslar, yakka-yolgʼizlarni ijtimoiy muhofaza qilish boʼyicha alohida dasturlar ishlab chiqilmoqda.Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash, qurilish-obodonlashtirish ishlarini oʼtkazish, aholini turmush sharoitlarini yaxshilash boʼyicha Rishton tumanida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Olib borilayotgan jarayonlarda ishtirok etayotgan sektor rahbarlari kuz-qish mavsumida aholining kayfiyatiga salbiy taʼsir koʼrsatayotgan muammolarni tezlikda bartaraf qilinishi zarurligini taʼkidlab oʼtishmoqda.
Xususan, kecha Xoʼja Ilgʼor MFY beshligi va hududda biriktirilgan xodimlar tomonidan fuqarolarning murojaatlari oʼrganildi. Unga koʼra, mahalladagi Konstitutsiya koʼchasidagi 1 ming 65 metr masofadagi ichki koʼchalari shagʼallashtirish lozimligi aniqlandi.
Аyni damda Xoʼja ilgʼor mahallasi ichki koʼchalarida masʼul idora va tashkilotlar vakillari hamkorligida shagʼallashtirish ishlari olib borilmoqda. 
– Bir necha yillar davomida koʼchalarimiz xatto shagʼallashtirilmagan edi. Bolalarimiz maktab, bogʼchaga borgani hamisha qiynalar, qariyalarimiz esa qish mavsumida koʼchaga chiqa olmasdi. Аyniqsa, yomgʼirli kunldarda koʼchalarda suvlarning toʼplanib qolishi odamlarga yurishda katta noqulayliklar tugʼdirardi. Mahallamiz koʼchalari shagʼallashtirilayotganidan behad xursandmiz. Buning uchun barcha rahbarlarga mingdan-ming rahmat aytamiz, - deydi Xoʼja Ilgʼor MFY raisi Bahodirjon Mamajonov. 
Rishton tumanida mavjud 71 ta mahalla fuqarolar yigʼinlarida aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish, ularga qulayliklar yaratish borasidagi ishlar davom etmoqda.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab