“Xonadonbay” ishlash tizimi: aholi muammolari oʼrganilmoqda

×

 2023-01-05 08:53:59    272

PDF yuklash
Chop etish


Maʼlumki, joylarda “mahallabay” ishlash tizimi orqali aholining real muammolarini aniqlash, ularni ijobiy hal qilish, aholi ijtimoiy tashabbuslarini qoʼllab-quvvatlash, tadbirkorlik bilan shugʼullanish istagida boʼlganlarga qulay shart-sharoit yaratish hamda aholi ehtiyojlariga koʼra infrtuzilmani yaxshilashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 
Shu maqsadda Rishton tumanidagi mavjud 71 ta mahalla fuqarolar yigʼinlarida “beshlik” jamoasi toʼliq tarkibda aholi xonadonlarida boʼlib, ularning muammolarini oʼrganilib, har bir xonadonga alohida yondashuv asosida samimiy suhbat oʼtkazilmoqda. 
Xonadonning ijtimoiy iqtisodiy holati, bandlik darajasi, yoshlar balansini shakllantirish, xotin-qizlar masalalari hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlar va oldinda turgan vazifalar boʼyicha olib borilgan suhbatlar davomida rejalar belgilanib, ijrosiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 
Xatlov jarayonlari barcha mahallalar boʼyicha davom ettirilmoqda.

Rishton tumani hokimligi
Аxborot xizmati.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab