MАKTАBDА ZАMONАVIY BIOLOGIYА XONАSI

×

 2022-12-29 09:33:13    197

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda oʼsib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. Taʼlim-tarbiyani yoʼlga qoʼyish, oʼquvchilarning sifatli va uzluksiz taʼlim olishini taʼminlash maqsadida maktablarning oʼquv va moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib bormoqda.
Tumanimizdagi 30-umumtaʼlim maktabida ham ana shunday taʼlim-tarbiya ishlari amalga oshirilyapti. 
 Ushbu maktabga “Uzkimyosanoat AJ” tomonidan yangi dizayn, zamonaviy koʼrinishga va barcha qulayliklarga ega boʼlgan biologiya xonasi tayyorlandi. Bu esa oʼquvchilarning oʼtilayotgan fanlarni tez va oson oʼzlashtirishga, oʼz ustida koʼproq ishlashiga yordam beradi. 
- ????Uzkimyosanoat AJ” rahbariyatiga oʼz minnatdorchiligimizni izhor etamiz. Mamlakatimizda taʼlim-tarbiyaga qaratilayotgan eʼtibor oʼz samarasini beryapti. Bugungi sayʼ-harakatlar yosh avlodning intellektual salohiyatining yuksalishida asos boʼlib xizmat qiladi, deydi maktab direktori Isroiljon Rahimov.


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab