TEXNIKА DEHQONNING QАNOTI
2022-12-27 16:26:37 756
Bu gap bejiz emasligini dehqonchilikdan xabardor inson yaxshi biladi. Markaziy MMTPdan chopiq traktorlarini mavsumga qabul tadbirida ham bu gap bot-bot takrorlandi. Rishton tumanidagi mavjud chopiq traktorlari toʼliq taʼmirdan chiqarildi. Viloyat hokimining tashabbusi bilan mana ikkinchi yildirki, texnikalar koʼrikdan oʼtkazilib, nufuzli komissiya tomonidan qabul qilib olinadi. Tuman sektor rahbarlari, fermerlar, mexanizatorlar, qishloq xoʼjaligiga dahldor tashkilotlar mutassaddilari ishtirokidagi yigʼinda tuman hokimi dehqonchilik yili yakunlari, hozirda olib borilayotgan ishlar, kelgusida sotib olinishi koʼzlangan qishloq xoʼjaligi texnikalari haqida batafsil gapirdi. Viloyat hokimining qishloq xoʼjaligi masalalari boʼyicha oʼrinbosari Аlibek Tursunov 2022 yilda tumanimizda erishilgan natijalarni eʼtirof etib, paxtachilikda Rishton tajribasi iborasi qoʼllanilishi ortida katta mehnat yotganini aytdi. -Markaziy Fargʼona yerlarida dehqonchilik qilib, viloyatda karvonboshilik qilish katta gap,--dedi А. Tursunov.- Viloyat hokimi sizlarni erishgan yutuqlaringiz bilan tabriklab, minnatdorchiligini yetkazishni soʼradi. Bugungi Rishton fermeri yangilikka intiluvchan, oʼz ustida ishlovchi kishilardir. Paxtaning 70 foiz mehnati texnika bilan. Shunday ekan, bugungi taʼmir, mexanizatorga yaratilgan sharoit muhim rol oʼynaydi. Viloyat IIBB boshligʼi, polkovnik Muhiddin Joʼraev rishtonliklarni erishgan yutuqlari bilan qutlab, yangi yilda bundanda, yaxshi natijalar boʼlishini tiladi. Xatmi qurʼon oʼqilib, duolar qilindi. Yaxshi niyatda jonliq soʼyildi. Mexanizatorlarga ikki million soʼmdan ish haqi, qimmatbaho sovgʼalar tarqatildi.
Rishton tumani hokimligi axborot xizmati.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi