Har bir murojaat hokim nazoratida
2022-12-22 13:53:18 265
✍️Bugun Xalq qabulxonasida tumani hokimining navbatdagi fuqarolar qabuli boʼlib oʼtdi. Qabul jarayonida sektor rahbarlari ham qatnashib, fuqarolarning muammolarini tingladilar.
✍️ Qabulda fuqarolarning har bir murojaati alohida nazoratga olinib, ularni hal etish choralari koʼrildi. Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda uy-joyga ega boʼlish, moddiy yordam, uy-joy taʼmiri boʼyicha, ishga joylashish va boshqa masalalarga oid murojaatlar kelib tushdi.
✍️ Qabulda 30 nafar fuqarolar ishtirok etib, ulardan 10 nafarining masalasi ijobiy hal etildi. 15 ta masala yuzasidan huquqiy maslahat berilib, 5 ta masala ijroga qaratildi.
✍️ Qabul davomida muddat talab qiladigan murojaatlar yechimini topish yuzasidan mutasaddilarga qatʼiy topshiriqlar berildi.Taʼkidlanganidek, har bir murojaat asoslicha oʼrganib chiqiladi va qonuniy yoʼl bilan yechimini topadi.
Rishton tumani hokimligi
Аxborot xizmati.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi