EHTIYОJMАND OILАNING MUROJААTI IJOBIY HАL ETILDI

×

 2022-12-19 10:42:50    226

PDF yuklash
Chop etish


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbuslari bilan xalqni eshitish, aholining talab va istaklarini roʼyobga chiqarish davlat siyosatining ustuvor yoʼnalishiga aylandi. Natijada aholining yillar davomida qiynab kelayotgan muammolari asta-sekin oʼz yechimini topib, odamlar rahbarlardan, davlatdan rozi boʼlib, orzu – istaklari roʼyobga chiqmoqda.
Аholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolardan kelib tushgan har bir masalani oʼz vaqtida koʼrib chiqish va ijobiy yechim topish sektor rahbarlaridan alohida masʼuliyatni talab etadi. Bugungi kunda “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” tamoyiliga asoslanib, ish olib borilmoqda. Fuqarodan murojaat kelib tushdimi, uning ijobiy yechimi albatta shu hudud aholisining foydasi uchun muhim hisoblanadi.
Rishton tumani sektor rahbarlari tomonidan hududlarda aholi bilan uchrashib, muammolarini hal etish borasida keng koʼlamdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Аnhor buyi” MFY Baxtiyor koʼchasida yashovchi Z.Solieva bir necha kun oldin uyini taʼmirlab berish boʼyicha murojaat qilgan edi. Uning ushbu murojaati yuzasidan homiylar yordami bilan uyi taʼmirlanib, berildi. 
- Hukumatimiz rahbarlari tomonidan biz kabi ehtiyojmand oilalarga berilayotgan gʼamxoʼrliklardan boshim osmonga yetdi. Mening murojaatimni ijobiy hal qilib bergan rahbarlarga minnatdorchilik bildiraman, deydi Z.Solieva. 
Tumanimizda aholining turli qatlamlari bilan toʼgʼridan-toʼgʼri muloqotni kengaytirish, mavjud muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar koʼrilmoqda.


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 109 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab