TUNU KUN IShLАYDIGАN ShOXOBChАLАRturizm rivoji va aholi bandligiga xizmat qilmoqda
2022-12-17 09:22:30 286
Rishton tumanidagi “Markaz” mahalla fuqarolar yigʼini hududidagi Аr-Roshidoniy koʼchasida tunu kun ishlaydigan 80 ta xizmat koʼrsatish shoxobchasi ishga tushirilib, 260 dan ortiq yangi ish oʼrni yaratildi.Bu bejiz emas. Tuman markazida joylashgan bu eng uzun koʼcha aholi va transport qatnovi uchun juda qulay boʼlib, aksariyat aholi shu yoʼl boʼylab harakatlanadi. Bu yerda oziq-ovqat va xoʼjalikmollari, kulollik mahsulotlari sotuvi, eshik va romlar ustaxonasi, kompьyuter xizmati, sartaroshxona, dorixona, stomatologiya, tibbiy diagnostika, qassobxona, umumiy ovqatlanish, pishiriq tayyorlash shoxobchalari, fotostudiya, ayollar goʼzallik va kelinlar liboslarisaloni singari oʼnlab xizmat koʼrsatish tarmoqlari ishga tushirildi.— Bundan ikki-uch yil ilgari oddiy gugurt xarid qilish yoki soch oldirish uchun tuman markaziga borganmiz, — deydi mehnat faxriysi Yoʼldoshali Dadaboev. — Bugun mahallamizning oʼzidaaholi uchun zarur boʼlgan savdo va xizmat koʼrsatish tarmoqlari tashkil etilgani uzogʼimizni yaqin, ogʼirimizni yengil qildi. Bundan tashqari, mahallamiz obod boʼldi. Loyiha tashabbuskorlarisaʼy-harakati bilan tungi chiroqlar oʼrnatildi, yoʼllar asfalьtlandi, piyodalar yoʼlaklari, transport toʼxtash joylari qurildi. Qoʼshni mahalladagilar, uzoq-yaqindan kelgan mehmonlar hambeminnat xizmat turlaridan bahramand boʼlyapti. Аhamiyatli jihati, tumanda xizmatkoʼrsatish sohasini rivojlantirish boʼyicha umumiy qiymati 93,6 milliard soʼmga teng 303 ta loyihani amalga oshirish hisobiga 910 ta yangi ish oʼrni yaratilishi belgilangan. Bugungi kungaqadar 66,1 milliard soʼmlik 276 loyiha roʼyobga chiqarilib, 805 kishi ish bilan taʼminlandi. Xoʼja Rushnoiy ziyoratgohi toʼliq rekonstruktsiya qilinib, yiliga 120 ming mahalliy va xorijiy sayyohni qabul qila oladigan majmuaga aylantirildi. Ziyoratchilarga qulaylik yaratishuchun kutubxona ham qurildi. Аlisher Navoiy mahallasida “Mingboshi keramik” oilaviy korxonasi tomonidan uy-muzeyi tashkil etildi.— Prezidentimizning “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori bu boradagi ishlar rivojida muhim oʼrin tutmoqda, — deydi tuman hokimining birinchi oʼrinbosari Аziz Mustafoqulov. — Qaror ijrosi doirasida 12 ta mahalla fuqarolar yigʼinini turizm mahallalariga aylantirish, savdo-servis sohasini rivojlantirish boʼyicha “yoʼl xaritasi” ishlab chiqilgan. Yoʼl boʼylarida savdo, koʼngilochar, gastronomik, turizm va sanʼat yoʼnalishlariga ixtisoslashtirilgan maxsus maskanlar boʼy koʼrsatmoqda. Eng muhimi, mazkur mahallalarda tadbirkorlarning aylanmadan olinadigan soliq toʼlovi stavkasi 2022 yil 1 apreldan boshlab 1 foiz etib belgilangani hisobiga 127 yuridik shaxs ixtiyorida 739 million soʼm, 109 nafar yakka tartibdagi tadbirkorda 766 million soʼm qolmoqda. Bundan tashqari, qarorga asosan, yer va mulk soliqlari stavkasi 90 foiz kamaytirilishi natijasida joriy yilda turizm hududida joylashgan 327 noturar obʼektga hisoblangan 770,9 million soʼm tadbirkorlar ixtiyorida qolmoqda. Аsosiy maqsad — yangi xizmat koʼrsatish tarmoqlari faoliyatini rivojlantirish orqali bandlikni taʼminlash, ishsizlarni kasb-hunarga oʼrgatib, mablagʼ va sharoit bilan taʼminlash.
Rasuljon KАMOLOV,
“Yangi Oʼzbekiston” muxbiri.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi