Tuman hokimi 3-dekabr "Halqaro nogironlar kuni” munosabati bilan nogironlar holidan xabar oldi
2022-12-03 13:48:06 320
Har yili 3 dekabr sanasida nogironligi boʼlgan shaxslar kunining nishonlanishidan asosiy maqsad butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron boʼlmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosida ishtirok etishini, nogironlarning manfaatlari, huquqlari inobatga olinishini, barcha mamlakatlarda nogironlarning qadr-qimmatini himoyalovchi qonunlar va tartib-taomillarning joriy etilishini taʼminlab, barcha uchun ochiq va doʼstona boʼlgan jamiyat qurishdan iboratdir.Rishton tumanida ham nogironligi boʼlgan fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish, ularni jamiyatimizning toʼlaqonli aʼzosi ekanliklarini koʼrsatish maqsadida turli tadbir va islohotlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan 3 dekabr “Halqaro nogironlar kuni” munosabati bilan tuman Rishton tumani hokimi S.Soliev, "Qoʼyi Аvazboy" va "Jahonobod" mahallalarida yashovchi nogironligi boʼlgan bir nechta fuqarolarning holidan xabar olinib, ularning muammolari oʼrganildi. Muammolarni bartaraf etish, ularning sogʼligidan doimo xabardor boʼlib turish borasida mutasaddilarga topshiriqlar berilib, "Qoʼyi Аvazboy" MFY yashovchi nogironligi boʼlgan fuqarolarning ikki nafariga nogironlik aravachasi topshirildi.
Shuningdek, “Jahonobod” MFY hokimi yordamchisi tomonidan ushbu mahallada yashovchi oʼn nafar nogironligi boʼlgan fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.Bunday tadbirlar Rishton tumani mahallalari boʼylab davom etmoqda.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi