Rishtonlik yosh tadbirkor Toshkentdagi koʼrgazmada
2022-12-02 09:53:25 289
Rishton kulolchilik mahsulotlari bugungi kunda jahon bozorini zabt etib bormoqda. Birgina «Mingboshi keramik» kulolchilik klasterida tayyorlanayotgan mahsulotlar dunyoning koʼplab mamlakatlarida oʼz xaridorlariga ega boʼlib borayotgani kishini quvontiradi.
Mamlakatimizda tadbirkorlarga yaratib berilayotgan imkoniyatdan keng foydalanayotgan usta kulol Shokirjon Аhmadjonov eksport geografiyasini kengaytirish borasida ham tinimsiz izlanmoqda.
«Mingboshi keramik» korxonasida doimo ish qizgʼin. Deyarli har kuni kulolchilik mahsulotlarning eksportga joʼnatilayotganiga guvoh boʼlasiz.
Ushbu korxona rahbari Shokirjon Аhmadjonov Toshkent shahrida boʼlib oʼtayotgan Sraft Fair Uzbekistan koʼrgazmasida ishtirok etmoqda.
Shokir Аhmadjonov ushbu koʼrgazmada mashhur xorijiy tadbirkor bilan haikorlik borasida suhbatlashdi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi