Аholi murojaatlari asosida Oq oltin koʼchasiga asfalt yotqizildi
2022-11-26 11:31:10 293
Rishton tumanida mahalliy yoʼllar holatini yaxshilash, ularni joriy taʼmirlash va asfalьtlash ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda.
Аholi murojaatlari asosida tuman yoʼlsozlari tomonidan “Oq oltin” mahalla fuqarolar yigʼini hududidagi ichki yoʼllar ravon va soz holatga keltirilmoqda.
Rishton tumani hokimligi va Oʼzbekiston Prezidentining Uchkoʼprik tumanidagi xalq qabulxonasi tomonidan ushbu hududni "mahallabay" oʼrganish jarayonida aholi murojaatlari asosida ichki koʼchalarni asfalьtlash masalasi koʼtarilgan edi.
Ushbu murojaat qisqa fursatda ijobiy hal etilib, mazkur mahalla hududidagi ichki yoʼllarni taʼmirlash ishlari boshlab yuborildi.
Manzilli dastur asosida mahalla hududidagi Oq oltin koʼchasining 600 metr qismiga toʼliq asfalьt yotqizildi.
Tuman hokimligining tashabbusi bilan mahallalar hududlarida bosqichma-bosqich obodonlashtirish, ichki yoʼllar holatini yaxshilash, ularni joriy taʼmirlash ishlari davom ettirilmoqda.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi