RIShTONLIK PАXTАKORLАR ZАFАR MАRRАSINI ZАBT ETDILАR
×
2022-11-11 17:15:00 240
Bugun Rishtonda katta bayram! Soʼnggi yillarda qishloq xoʼjaligida, xususan, paxtachilikda oʼziga xos tajriba maktabi yaratgan Rishtonlik paxtakorlar 10 oylik tinimsiz mehnatlarining samarasi oʼlaroq, 21 ming tonnadan ortiq paxta xom-ashyosi yetkazib berishib, Klaster bilan tuzilgan shartnomaviy rejani bajardilar. Hudud fermer va dehqonlarining yil boʼyi qilgan mehnatlari samarasida tumandagi paxta ekilgan 5 ming 950 gektar maydondan 21100 tonnadan ortiq hosil yigʼishtirib olindi. Xususan, 150 dan ortiq fermer xoʼjaligi bugungi kunga qadar belgilangan shartnomaviy rejani sharaf bilan ado etishda boshqalarga ibrat namunasini koʼrsatdilar. Paxta xirmonini bunyod etishda rejadan yuqori hosildorlikga erishib peshqadamlik qilgan «Ixtiyor SMIK», «Solijon xoji», «Nazirbobo Ramzanbek», «Shoxruxbek Mamandar», «Yaproq ildizlari», «Xoliqov Yoʼlchiboy», «Oʼn ogʼa ini», «Аmirobod Javoxiri», «Roshidon Sarboni» kabi oʼnlab fermer xoʼjaliklari alohida eʼtirof va eʼtiborga loyiqdir. Qoʼlga kiritilgan yutuqlar shuni anglatadiki, bugun Rishtonliklar oʼzlarining har sohada hamjihat, hammaslak, qolaversa, xalqimiz dasturxonining toʼkinligi yoʼlida fidoyi ekanliklarini yana bir koʼrsatdilar. Аyni damda tumanimizning qay bir hududiga razm solmang, katta toʼyu tantanaga guvoh boʼlasiz. Istagimiz, mana shu xursandchilik bardavom boʼlsin! Har bir kunimiz xushxabarlarga boy oʼtsin! Zafaringiz muborak boʼlsin, Rishtonlik paxtakorlar!
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi