Tanlov g‘oliblaridan ikki nafari farg‘onalik o‘quvchi bo‘ldi

×

 2022-11-02 14:44:32    514

PDF yuklash
Chop etish


Xabaringiz bor, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda “Tong yulduzi” gazetasi hamkorligida tashkillashtirilgan “Mustaqillik madhi — bolalar ijodida” respublika an’anaviy ijodiy ishlari tanlovi tashkillangandi. 
Mazkur tanlovda farg‘onalik o‘quchilar ham faol qatnashdilar. 
Uch yo‘nalishda o‘tqazilgan tanlovda to‘qiz nafar g‘olib aniqlandi. 
Ulardan ikki nafari farg‘onalik o‘quvchilardir.
Tanlovda Farg‘ona shahridagi 18-maktab  5-sinf o‘quvchisi Farzona Xoshimova va Rishton tumanidagi 19-maktab 7-sinf o‘quvchisi Madina Rahimjonova g‘olib chiqdilar. 
Bugun ularni taqdirlash uchun “Tong yulduzi” gazetasi  bosh muharriri Feruza Odilova boshchiligida tahririyat ijodiy xodimlari viloyatimizda bo‘lishdi. 
Faxrli o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarning maktablariga borishib, ularga vazirlikning qimmatbaho sovg‘asi — planshet va  faxriy yorliq topshirildi.

Farg‘ona viloyati xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.


<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 98 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab