Rishton tumani hokimi S. Solievning 25 oktyabr - Ichki ishlar xodimlari kuni munosabati bilan bayram tabrigi

×

 2022-10-25 08:24:28    329

PDF yuklash
Chop etish


Hurmatli Ichki ishlar organlari xodimlari!
Аvvalo, siz, azizlarni bugungi kasb bayramingiz hamda Oʼzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tashkil etilganining 31 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Ushbu qutlugʼ ayyomda oʼz hayotini el-yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini asrashdek ezgu va olijanob ishga bagʼishlagan sizlar kabi mard va sadoqatli, haqiqiy vatanparvar insonlar shaʼniga samimiy tilaklarimizni bildiramiz.Sharafli va shu bilan birga masʼuliyatli boʼlgan kasbingizda muvaffaqiyatlar va oilaviy xotirjamlik tilayman. Yurt farovonligi va xalqimiz tinchligi yoʼlida fidokorona xizmat qilayotgan siz kabi ichki ishlar organlari xodimlarining mehnatlarini har qancha eʼtirof etsak oz. Vatanimiz buguni va ertasi uchun masʼul boʼlgan sizdek matonat egalari bor ekan xalqimiz hamisha xotirjam yashaydi.
Sizday sharafli kasb egalarining jamiyat hayotida tutgan oʼrni xususida soʼz borganda, turli jabhalarda qoʼlga kiritilayotgan marralar bilan bir qatorda, joylarda uchrab turgan va islohotlarning borishiga salbiy taʼsir koʼrsatayotgan ayrim muammo va kamchiliklarga jamoatchilik eʼtiborini qaratish, ularni bartaraf etishga doir saʼy-harakatlarda tashabbuskorlik va jonkuyarligingizni alohida taʼkidlamoq lozim.
Bugun mamlakatimiz ichki ishlar organlari tizimi zamon talablari darajasida takomillashtirilayotgani hamda soha xodimlarining oʼz zimmasiga yuklangan vazifalarni fidoyilik bilan bajarayotgani alohida koʼrinib turibdi. Mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik hamda el va elatlar orasidagi totuvlik sabab xalqimiz ertangi kunga ishonch bilan boqmoqda. Bu ham shubhasiz, ichki ishlar organlari hodimlarining fidoyi xizmatlari natijasi desam xato boʼlmaydi.


Аziz osoyishtalik posbonlari!
Yurt istiqboli yoʼlida fidokorona xizmat qilib, uning tinchligi va osoyishtaligiga munosib hissa qoʼshishdan charchamang.
Halqimiz sizning timsolingizda jipslikni, har qanday toʼsiq oldida ham oʼz ontidan qaytmaydigan, burchiga sadoqat bilan xizmat qiladigan oliyjanob insonni koʼradi.
Bu borada oʼzining bor bilim va tajribasini, kuch va gʼayratini halq manfaatlari uchun sarf etayotgan, Vatanimiz tinchligini bardavom boʼlishida oʼz oromidan kechib, tunu kun xizmat qilayotgan siz kabi mard oʼgʼlonlar va shijoatli ayollarning mehnati tahsinga loyiq.
Barchalaringizga sihat-salomatlik, xotirjamlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka, farovonlik tilayman. 
Bayramingiz muborak boʼlsin!


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab