Italiyaning Oʼzbekistondagi Elchixonasi xodimlari tumanimizda boʼlishdi
2022-10-15 06:35:44 304
Italiyaning Oʼzbekistondagi Elchixonasi tashubbusi bilan 13-14 oktyabr kunlari Elchixona harbiy atteshesi Stefano Porchedda hamda Elchixona xodimi Mauro Frantsellilar Fargʼona viloyatidaning bir qator shahar va tumanlarida boʼlishdi.
Kecha elchixona vakillari Rishton tumaniga tashrif buyurishdi. Mehmonlar dastlab usta kulol, tadbirkor Ravshan Tojiddinov rahbarlik qilayotgan “R+Koron” korxonasiga qarashli kulolchilik muzeyida boʼlishdi.
U yerda elchixona xodimlariga Rishton kulolchiligi tarixi, bugungi kunda erishilayotgan yutuqlari, tumanimizning turizm salohiyati, madaniyati va tarixi xususida maʼlumot berildi.
Аytish joizki, kulolchilik muzeyidagi sanʼat durdonalari italiyalik mehmonlarni lol qoldirdi. ???? - Bugun men haqiqiy ertaklar olamiga tushib qolgandek boʼldim. Rishton kulolchilik mahsulotlari meni oʼziga rom etdi. Ushbu muzeydan ketgim ketmay qoldi, - deydi Italiyaning Oʼzbekistondagi Elchixonasi harbiy atteshesi Stefano Porchedda. Bularning barchasi qoʼl mehnati orqali yaratilayotgani hayratimni yanada oshirdi.
Mehmonlarning keyingi manzili "Halqaro kulolchilik markazi" boʼldi. U yerda mehmonlar yana bir taniqli usta kulol Аlisher Nazirovning uy muzeyida boʼlishdi va Rishton anʼanaviy kulolchilik mahsulotlarini maroq bilan tomosha qilishdi. Oʼz navbatida Аlisher Nazirov mehmonlarga Rishton kulolchilik tarixi haqida soʼzlab berdi.
???? - Ochigʼi, men hayratdaman. Rishton kulolchilik mahsulotlari har qanday xorijlik mehmoni oʼziga rom etishi aniq. Prezident tomonidan Rishton kulolchiligi rivoji uchun berilayotgan eʼtibor esa tahsinga loyiq. Umuman olganda, Fargʼonaga tashrifimiz sermazmun boʼldi. Bu yerdagi mehmondoʼstlik, samimiy muloqotlar uchun oʼz minnatdorchiligimizni bildiramiz, deydi Elchixona xodimi Mauro Frantselli.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi