Hokimlik qabuli: Har bir murojaat – eʼtiborda!

×

 2022-10-14 14:48:34    283

PDF yuklash
Chop etish


Kecha Xalq qabulxonasi binosida tuman hokimining navbatdagi fuqarolar qabuli oʼtkazildi. Qabulda muammosi va murojaati boʼlgan fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, murojaatlar birma-bir tinglandi.Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda tuman hokimi oʼrinbosarlar, Xalq qabulxonasi mudiri va tumandagi mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida uy-joy, moddiy yordam, bandlik, yoʼl taʼmiri va boshqa masalalarga oid murojaatlar kelib tushdi.Muammolar boʼyicha tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida zarur choralar koʼrildi.Qabulda 15 nafar fuqarolar ishtirok etib, shulardan 7 nafarining masalasi shu joyning oʼzida hal etilgan boʼlsa, 5 ta masalaga huquqiy tushuntirish berilib, qolgan masalalar ijroga qaratildi.Taʼkidlangandek, har bir murojaat asoslicha oʼrganilib chiqiladi va qonuniy yoʼl bilan yechimini topadi.

Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati.


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab