MАRRАGА YЕTGАN MАRDLАRDАN MUNOSIB RАGʼBАT

×

 2022-10-10 10:38:56    241

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumanida paxta yigʼim-terimi kun sayin jadal tus olmoqda. Mahalliy hokimlik va klaster korxonasi rahbariyati tomonidan mavsumga yuqori saviyada tayyorgarlik koʼrilgani, terimchilar uchun dalada barcha maishiy shart-sharoitlarning yaratib berilgani ish unumining oshishida asosiy omil boʼlayotir.
Eʼtiborlisi, tumanda paxta xomashyosi tayyorlash shartnomaviy rejasini bajargan fermerlar safi ortib bormoqda. M. Topvoldiev MMTP hududidagi "Zohidon istikboli" nomli fermer xoʼjaligi marrani zabt etib, oʼz ishchi xodimlari va terimchilar uchun bayram dasturxonini yozdi. 
Marraga yetgan mard fermer xoʼjaligi rahbari oʼz ishchi xodimlarini munosib ragʼbatlantirdi.Ishchi xodimlariga kir yuvish mashinasi va velosiped sovgʼa qilindi. Bundan tashqari, Viloyat va tuman Kengashi deputatlari hamda Dehqon va fermer xoʼjaliklari uyushmasi tuman boʼlimi tomonidan ham fermer xoʼjaligi xodimlariga qimmatbaho sovgʼalar berildi.
Ushbu fermer xoʼjaligi rahbarining himmati barcha uchun namuna boʼlishiga ishonamiz.


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 124 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab