“Pandigon” mahalla fuqarolar yigʼinining yangidan qurib bitkazilgan binosi foydalanishga topshirildi
2022-10-08 17:23:44 431
Bugun Rishton tumanidagi “Pandigon” mahalla fuqarolar yigʼinining yangidan qurib bitkazilgan binosi foydalanishga topshirildi. Tantanali marosimda tuman IIB boshligʼi, 3-sektor rahbari X. Tashpoʼlatov, Mahalla va nuroniylarni qoʼllab-quvvatlash boʼlimi boshligʼi X. Xojixonov, tuman Nuroniylar kengashi raisi T. Аbdurahmonov, mahalla faollari, mehnat faxriylari va keng jamoatchilik vakillari ish tirok etdi.
- Hozirda 4112 nafar aholi yashaydigan mahallamizning idorasi koʼrimsiz edi, – deydi “Pandigon” MFY raisi M. Mahkamov – Ochigʼi, mahallamizning alohida binosi mavjud emas edi. Hukumatimizning eʼtibori, tuman hokimiva mahallamiz faollarning tashabbuslari bilan mahalla idorasi uchun zamonaviy va koʼrkam yangi bino qurib berilganligidan juda xursandmiz. Mahalla raisi, hokim yordamchisi va yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori uchun alohida-alohida xonalar mavjud boʼlgan binoda samarali faoliyat yuritish uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan.
Mazkur obʼekt qurilishiga mahalla fuqarolari tashabbusi bilan jamgʼarilgan mablagʼlar (hashar yoʼli bilan) evaziga 350 million soʼmdan ortiq mablagʼ sarf qilindi.
Bugun Pandigonliklar uchun bayram. Sababi bugun mahalla ahliga yangitdan keng, shinam va zamonaviy mahalla binosi tuhfa etildi. Binoda xodimlarning ishlashi uchun barcha sharoitlar yaratilgan, aholining boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazish uchun bu yerda maʼnaviyat xonasi ham ajratilgan boʼlib, u yerda badiiy, ilmiy hamda ommabop kitoblar javondan joy olgan.
Binoning ochilish marosimida soʼzga chiqqanlar mahallaning keksa-yu yoshi olib borilayotgan oqilona siyosatimizga, yaratib berilayotgan sharoitlarga shukronalar aytishdi.
Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi