INSON TАFTINI INSON OLАDI

×

 2022-10-07 08:50:24    342

PDF yuklash
Chop etish


Keksalik yoshiga yetib borish ham neʼmatlardan biri hisoblanadi. Yurtimizning tabarruk yoshdagi otaxon-u onalarimizning holidan xabar olib tursak, ularga imkonimiz darajasida oqibat, mehr-muruvvat koʼrsatsak ulkan savoblarga ega boʼlish bilan birga ularning hayotiy tajribalari hamda turmush saboqlaridan foydalana olishimiz mumkin. 

✅ Qiynalganda yordam qoʼlini choʼzish, mehr-oqibat koʼrsatish xalqimizga xos fazilatlardan. Qadri baland qadriyatlar tufayli yuzlab oilalar holidan xabar olinib, koʼngil soʼralmoqda, quvonch-shodlik ulashilmoqda.
✍️ “Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom koʼrsatish - xalqimizga xos ezgu fazilat” gʼoyasi ostida oʼtkazilayotgan “Keksalar haftaligi” doirasida tumanimizda “Inson taftini inson oladi” shiori ostida uyida yotib qolgan hamda shifoxonalarda davolanayotgan nuroniylarning 315 nafarinigsh holidan xabar olinib, ularga moddiy va maʼnaviy yordamlar koʼrsatish tadbirlari amalga oshirildi. 
*️⃣ Jumladan, “Bogʼiston” MFYda tadbir doirasida Bogʼiston koʼchasida yashovchi Mirzaboy ota Soliev hamda L.Sarimsoqova koʼchasida yashovchi mehnat faxriysi Mirzanazarhoji Otajonovlar holidan xabar olindi.
✅ Haftalik doirasida shuningdek, “Qoshqayron” MFYda yashovchi yakka yolgʼiz, bemor keksa yoshidagi fuqarolar xonadoniga kirib, holidan xabar olindi.
???? – Biz kabi keksalarni yoʼqlab, holimizdan xabar olishdi, – deydi Bisalima Sharipova. – Gap sovgʼa-salomda emas. Shunchaki, eʼtiborning oʼzi katta baxt. Bir necha yillardan beri bemorligim sababli koʼchaga chiqolmay qoldim. Inson yoshi bir joyga borgach, eʼtibortalab boʼlib qolar ekan. Eʼtibor va gʼamxoʼrlikdan boshimiz koʼkka yetdi.

Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab