VILOYАT HOKIMI RIShTON TUMАNIDАGI KULOLChILIK KIChIK SАNOАT ZONАSINI TАShKIL ETISh BILАN BOGʼLIQ TUMАN RАHBАRLАRI VА VILOYАT MАSULLАRI FАOLIYАTINI OʼTА QONIQАRSIZ DEB BАHOLАDI
2022-09-17 05:44:21 414
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan Rishton tumanining Navbahor MFY hududida tashkil etilayotgan Kulolchilik kichik sanoat zonasida boʼldi. 14 gektar maydonni egallagan ushbu KSZning umumiy holati, joylashtirilgan loyihalarning oʼz muddatida amalga oshirilmayotgani, qarovsizlik, yoʼllarning abgor holati, hududda chiqindi uyumlari yigʼilib qolganligi viloyat hokimi tomonidan qattiq tanqid qilindi.
Tuman hokimi Subhonjon Soliev, hududiy sektor rahbari, tuman IIB boshligʼi Xojiakbar Tashpoʼlatov, shuningdek, viloyat va tuman kommunal tarmoqlar idoralari rahbarlarining ushbu kichik sanoat zonasi bilan bogʼliq faoliyati oʼta qoniqarsiz baholandi. Sektor rahbariga masalaga masʼuliyatsiz yondashuvi uchun “hayfsan” jazosi qoʼllaniladigan boʼldi.
Kichik sanoat zonasi hududida ohak zavodi, gipsokarton ishlab chiqarish korxonasi, asfalьt zavodi kabi yirik loyihalarni ham oʼz ichiga olgan, umumiy qiymati 107 milliard soʼm boʼlgan 50 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Shuningdek, 300 ga yaqin kulolchilik sexlari mavjud boʼlib, hozirning oʼzida 3 mingdan ziyod ishchi oʼrni yaratilgan. Kichik sanoat zonasining 6 gektar hududi Yoshlar sanoat zonasi uchun ajratilgan.
Viloyat rahbari joriy yil fevralь oyida ushbu hududda boʼlganida, bu yerda loyihalarni amalga oshirish, kichik sanoat zonasi faoliyatini jonlantirish boʼyicha ishlar jadal olib borilmayotganligiga tanqidiy eʼtibor qaratgandi. Biroq bugungi oʼrganishlarda sezilarli oʼzgarish amalga oshirilmagani yaqqol koʼzga tashlandi.
Xayrullo Bozorov tuman rahbarlariga hamda viloyat masʼullariga Kulolchilik kichik sanoat zonasidagi loyihalarni tez va sifatli amalga oshirishni taʼminlash, bank kreditlari bilan bogʼliq masalarni hal etish, KSZ hududini obodonlashtirish boʼyicha kontseptsiya ishlab chiqish, yoʼllarni asfalьtlash, elektr, gaz va suv tarmoqlarini tortish, koʼkalamzorlashtirish, eski sexlarda zamonaviy ishlash tizimini joriy etish, ularning tashqi devorlarining taʼmirlanishini tashkil etish boʼyicha aniq vazifalar belgilab berdi. Аmalga oshiriladigan ishlar boʼyicha aniq reja-grafik ishlab chiqiladi, topshiriqlarning ijrosi qatʼiy nazoratda boʼladi, belgilangan vazifalarni muddatida bajarmagan masʼullarga intizomiy jazolar qoʼllaniladi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi