VILOYАT HOKIMI RIShTON TUMАNIDАGI YАNGI IShLАB ChIQАRISh LOYIHАLАRI BILАN TАNIShDI
2022-09-17 05:39:26 424
Viloyat hokimi “Rus-Oʼzbekteks” paxta-toʼqimachilik klasteri qoshida tashkil etilayotgan toʼqimachilik fabrikasining qurilish jarayonlarini koʼzdan kechirdi. Yillik 7200 tonna kalava ip, 6800 tonna mato, 3300 tonna momiq sochiq hamda 3300 tonna choyshab ishlab chiqarish quvvatiga ega boʼladigan fabrikada 1100 ta yangi doimiy ish oʼrni yaratiladi. Loyiha qimmati 33 million yevroga teng boʼlgan korxona qurilishida soʼnggi bosqich ishlari yakunlanmoqda.
"Rusoʼzbekteks" xorijiy korxonasi rahbari Magomed Kostoev bilan loyihani amalga oshirish jarayonlarini muhokama qilgan viloyat hokimi, qurilish ishlari yakunlangunga qadar belgilangan kommunikatsiya tarmoqlarini tortish ishlarini yakunlash boʼyicha viloyat masʼullariga qatʼiy vazifa belgiladi.
Ijaraga olingan binoda yaqinda faoliyat boshlagan Textile for you korxonasida oyiga 15 ming donadan ziyod erkaklar liboslari tikilmoqda. Tadbirkor Oybek Isajonov tashabbusi bilan tashkil etilgan korxonada jami 80 nafardan ziyod ayollar doimiy ish bilan taʼminlangan.
Viloyat rahbari tadbirkorning ishlab chiqarishni kengaytirish uchun bino yoki yer maydoni ajratilishida yordam soʼrab qilgan murojaatini tez va ijobiy hal etish boʼyicha davlat aktivlarini boshqarish boʼyicha viloyat boshqarmasi boshligʼiga vazifa yukladi. Hozirda ish olib borilayotgan binoda elektr taʼminotini yaxshilash boʼyicha ham masʼullarga topshiriq berildi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi