RIShTON TUMАNIDА BАRPO ETILАYОTGАN “NURАFShON” MАSSIVIDА KOʼP QАVАTLI UYLАR QURILIShI YАKUNLАNMOQDА
2022-09-17 05:32:52 438
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Rishton tumanidagi M.Topvoldiev MFY hududida barpo etilayotgan koʼp qavatli uylardan iborat boʼlgan “Nurafshon” massivida boʼldi.
Ushbu massivda jami 310 xonadondan iborat 9 ta koʼp qavatli turar-joy binosi qurilishi rejalashtirilgan boʼlib, ularning 5 tasi foydalanishga topshirilishga tayyor. 4 ta binoda qurilish ishlari davom etmoqda. Zamonaviy loyiha asosida qurilayotgan uylarda odamlarning hayotdan rozi boʼlib yashashi uchun barcha qulayliklar eʼtiborga olingan boʼlib, lift ham mavjud.
Viloyat hokimi qurilish hamda atrofni obodonlashtirish ishlarini sifatli yakunlash boʼyicha masʼullarga koʼrsatma berdi.
Massiv “Rus-Oʼzbekteks” paxta-toʼqimachilik klasteri qoshida tashkil etilayotgan 1100 ishchi oʼrinli toʼqimachilik fabrikasining yonida joylashgani, yangi xonadonlar egalarining doimiy ish oʼrniga ega boʼlishlarini taʼminlaydi.
Viloyat rahbari shuningdek, "Business Partners" MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan, qiymati 4,2 milliard soʼm boʼlgan “Аyollar mehnat guzari, ayollar hunarmandchilik oʼquv markazi va maishiy xizmat koʼrsatish markazi” loyihasi qurilishi jarayonlarini ham koʼzdan kechirdi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi