ILGʼOR TERIMCНILАRGА SOVGʼА TOPSНIRILDI
2022-09-13 14:53:52 380
Tumanimizda paxta yigʼim-terimi uyushqoqlik va jadal surʼatlar bilan davom etmoqda. Milliy boyligimiz boʼlgan oq oltinni quyoshli kunlarda yigʼishtirib olish uchun bugungi kunda har bir kishi oʼzini paxta maydonida boʼlishi kerakligini chuqur anglagan holda mashaqqatlar evaziga yetishtirilgan hosilni yigʼib-terib olishda yaqindan yordam bermoqda. Qalb amri bilan paxta dalasiga chiqqan terimchilar ham oilasi, ham shu yurt uchun oʼzlarining ulkan hissalarini qoʼshishmoqda.
Аna shunday faol terimchilardan iborat boʼlgan mahalla fuqarolar yigʼinlaridan kelgan fuqarolar yigʼim-terimda barchaga namuna boʼlishmoqda. Ularning har biri kuniga 130-150 kilogrammdan paxta terishib, terim surʼatini oshirishda oʼzlarining munosib hissalarini qoʼshishmoqda.Dalalarda jasorat koʼrsatib, davlatimiz xirmonining yuksalishida oʼzlarining munosib ulushlarini qoʼshayotgan hashar-chilar holidan xabar olish, eng terimchilarni munosib taqdirlash maqsadida Rishton tumaniga masʼul etib biriktirilgan viloyat hokimi oʼrinbosari, Oila va xotin qizlar boshqarmasi boshligʼi K. Kavlonova, Rishton tuman boʼlimi boshligʼi M. Bekmirzaevalar tumandagi paxtazorlarga tashrif uyushtirmoqda.
“Qayragʼoch qaldirgʼochi” va “Sobirjon Ergashev yerlari” fermer xoʼjaligining paxtazorida boʼlib oʼtgan targʼibot tadbiri ham barchaga manzur boʼldi. Tadbirda soʼz olgan viloyat hokimi oʼrinbosari, Oila va xotin qizlar boshqarmasi boshligʼi K. Kavlonova oq oltinimizning jahon miqyosidagi ahamiyati hamda xalq farovonligi uchun zamin ekanligi haqida aytib oʼtdi. Shundan soʼng bir guruh ilgʼor terimchilar esdalik sovgʼalari bilan mukofotlandi.
Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi