“Chinigaron” MFYda subsidiya asosida quduq burgʼilanmoqda
2022-09-12 05:52:18 477
Islohotlar amalda
Qadimdan ota-bobolarimiz yerdan unumli foydalanish el dasturxonining fayzli, barakali boʼlishi bilan birga bozorlarimiz toʼkinligini taʼminlagan holda daromadning ham oshishi ekanligini yaxshi bilishgan.
– Mahallamiz aholisi hovlilarda istiqomat qiladi, – deydi Chinigaron MFY raisi Sobirjon Yoʼldoshev. – Har bir xonadonda tomorqa yer mavjud. Аlbatta zaminimiz serhosil. Tuproq-iqlim sharoiti toʼrt faslda ham sabzavot ekinlari yetishtirish uchun gʼoyat qulay. Xonadon egalari turli sabzavotlar, ekib imkon qadar dehqonchilik qilinadi. Аmmo bugungi kunga kelib suv taqchilligi sezilayotganli. Bu esa ekinlarni sugʼorishda bir qator muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Chindan ham, mahallada oqar suv taqchilligi muammosi mavjud. Shuning uchun ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida tuman fermer, dehqon xoʼjaligi va tomorqa yer egalari Kengashi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib asosida aholi tomorqalarini sugʼorish uchun yer osti suvlariga quduqlarni burgʼilash ishlari olib borilmoqda. Yaqinda ushbu mahallada ham ana shunday quduq qazilib, suv chiqariladi.
– Soʼnggi yillarda mamlakatimizda mavjud yer maydonlardan samarali foydalanish, qishloq aholisining bandligi va turmush darajasini oshirish boʼyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda, – deydi tuman fermer, dehqon xoʼjaligi va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Isomiddin Oʼrinboev . – Аyniqsa, tomorqa yerlaridan unumli foydalanish maqsadida aholi tomorqasini sugʼorish uchun subsidiya ajratish orqali quduqlar qazishga alohida eʼtibor qaratilayapti. Bugungi kunda suv muammosi mavjud Chinigaron MFYda ana shunday quduq qazish ishlari boshlab yuborildi. Buning uchun 120 million soʼm subsidiya ajratildi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi