Хalq qabulxonasi va «Xalqparvar» komissiyasi hamkorlikda murojaat joyida oʼrganildi
2022-09-10 06:13:32 331
Fargʼona viloyati Rishton tuman Yuqori Beshkapa MFY Saxovat koʼchasi 27-uyda yashovchi fuqaro Maxamadjon Madaminov tuman Xalq qabulxonasiga murojaat qilib, oʼz murojaatida Yuqori Beshkapa MFY Saxovat koʼchasidagi ichki yoʼllarni taʼmirlashga yordam soʼragan.
Ushbu murojaat yuzasidan tuman Xalq qabulxonasi mudiri S. Dodoboev, Xalq deputatlari Rishton tuman kengashi deputati, «Xalqparvar» komissiyasi raisi B. Ermatov hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari tomonidan joyiga borib murojaat oʼrganildi.
Ushbu murojaat asosli deb topilib, mutasaddi tashkilotlarga ijobiy hal qilish yuzasidan topshiriqlar hamda MFY raisiga dolzarb muammolar qatoriga qoʼshish taklifi berildi.Shuningdek, ijtimoiy soha obʼektlaridagi muammolar hamda tumanning boshqa MFY larda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, mutasaddilarga tegishli koʼrsatma va topshiriqlar berilishi taʼminlandi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi