Paxtakorlar huzuririda bir kun
2022-09-08 11:23:34 339
Koʼp sonli paxtakor fermerlar va dala mehnatkashlari intizorlik bilan kutgan damlar yetib keldi. Mavsum davomida fidokorona mehnat qilgan paxtakorlar keng dalalarda pishib yetilgan hosil yigʼim-terimini zoʼr uyushqoqlik bilan boshlab yubordilar. Quvonarlisi shundaki choʼl hududidagi “Oqgul chamani”, “Buloqboshi shuhrati” va “Shoxruxbek samandar” kabi fermer xoʼjaliklari bu yil 36 tonnadan 40 tonnagacha sifatli hosilni qabul maskanlariga topshirib, el-yurt oldida bergan vaʼdalarining ustidan chiqish uchun terimda peshqadamlik koʼrsatmoqdalar. Аyni paytda dala terimchilari uchun issiq ovqat tashkil etilgan. Terilayotgan hosil dalaning oʼzida kiloma-kila oʼlchab olinmoqda. Yigʼim terim paytida ilgʼor terimchilarni ragʼbatlantirib borish, paxta pullarini vaqtida berish va ular oʼrtasida oʼzaro musobaqani yanada avj oldirish, hosil terimi surʼatini oshishini taʼmillaydi, albatta.Tuman hokimi v va sektor rahbarlari paxtakor fermerlarimiz dalalarda boʼlib, hosil yigʼim terimining borishi terimchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.- Qadrli dala peshqadamlari! Sizlarning fidokorona mehnatingizni doimo qadrlab kelganmiz. Bu mavsumda ham ilgʼorlarga qimmat baho sovgʼalar beriladi. Maqsadimiz ezgu: Tezroq Rishton paxta xirmonini tiklash. Ishonamizki, paxtakor fermerlar zimmangizga olgan rejalarni tez kunda oshirib bajarasizlar, -deydi tuman hokimi dala ilgʼorlari bilan uchrashuvda.Shuni aytish joizki, hozirgi gʼanimat kunlarda paxtakorlarga madadkor boʼlish eng xayriya ishlardandir. Tuman hokimi va sektor rahbarlarining paxtakorlar huzurida oʼtgan bir kunlari oʼz samarasini berdi. Terimchilar alohida gʼayrat va ishtiyoq bilan hosil yigʼishda davom etdilar. “Oqgul chamani” fermer xoʼjaligi paxta yigʼim-terimi mavsumida yuzlik marrani zabt etdi.
Rishton tuman hokimligi Аxborot xizmati
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi