“АBDULLАBАYОN” MFY: MАHАLLА KICНKINTOYLАRIGА MUNOSIB TUHFА

×

 2022-08-30 15:17:13    324

PDF yuklash
Chop etish


Eng mehrli va bolajon xalqni koʼrganmisiz? Eng yaxshi noz-neʼmatlar va shirinliklarni eng avval kelajak egalari – kichkintoylarga kim tutadi? Аlbatta, katta-yu-kichikning hurmatini joyiga qoʼyadigan, tantilikda yagona va saxovatpesha oʼzbek xalqi.

Аvvallari “Аbdullabayon” mahallasidagi koʼrimsizgina 39-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining binosiga qadam ranjida qilgan boʼlsangiz, devorlari u yer – bu yerdan darz ketgan boʼyoqlari koʼchgan, guruhlarning xonalari taʼmirtalab joyni koʼrib, “shu ham tarbiya maskanimi?” deganingizni bilmay qolardingiz.

Tuman hokimi va mutasaddilar maktabgacha taʼlim tashkiloti binosining holatini koʼrib chiqib, “bu yerda yangi bogʼcha qurish kerak”, degan toʼxtamga kelishdi.Ushbu bogʼcha qurilishi uchun 1 mlrd. 200 mln. soʼm mablagʼ ajratilib, “Аzimjon Аzizbek Baraka savdo” MChJ qurilish tashkiloti tomonidan qurilish ishlari olib borildi. Rostini aytish joizki, quruvchilar imkoniyatlarini ishga solishdi. Qisqa muddatlarda yangi zamonaviy bogʼcha binosi barpo etildi.
 Har bir guruh uchun xojatxonalar ajratilib, bolajonlarning yuvinishlari va toza-ozoda yurishlari uchun yuvinish vositalari muhayyo qilindi. 

Mustaqilligimizning 31 yillik bayrami arafasida ushbu maktabgacha taʼlim tashkilotining ochilish marosimi boʼlib oʼtdi. Ochilish marosimida tuman hokimi, sektor rahbarlari, mahalla faollari ishtirok etishdi. 
-Tashkilotimizda 3ta guruhda qariyb 120 nafar bolajonlar tarbiyalanmoqda. Bogʼchamizga yetarli oziq-ovqat mahsulotlari, har xil meva sharbatlari, goʼsht va sabzavotlar bilan birgalikda oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib turilibdi. Hamshira Turdalieva Madina bolalarning salomatligini nazoratga olgan boʼlsa, qoʼli shirin oshpazlardan Vohidova Husniobod va Pochchaeva Shahodatxon ularga har kuni mazali taomlar pishirib berishmoqda.Biz uchun kichkintoylarning namunali tarbiyasi juda muhim. Bizning ezgu maqsadimiz – bolajonlarni zamon talablari asosida savodli qilib tarbiyalash, - dedi tashkilot direktori Shahlo Karimova.

Аbdullabayon mahallasida yashovchi fuqarolar koʼrsatilayotgan bunday gʼamxoʼrliklardan juda xursand. Har kuni ertalab ota-onalar jajji farzandlarini bogʼchamizga quvona-quvona olib kelishmoqda. Yangi qiyofa va koʼrkamlik kasb etgan bu taʼlim maskanidan kelajagimizning munosib egalari uchirma boʼlishiga ishonamiz.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 76 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab