Bayram arafasida polvonobodliklar yangi mahalla binosiga ega boʼlishdi
2022-08-29 10:31:14 351
Istiqlolimizning 31 yillik toʼyi arafasida Rishton tumanida davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida qurib bitkazilgan Polvonobod mahalla fuqarolar yigʼini binosi foydalanishga topshirildi.
Fuqarolar yigʼini xodimlari va mahalla aholisi uchun munosib sharoit va qulayliklarga ega boʼlgan yangi bino ushbu mahallada istiqomat qiluvchi 2 ming 300 dan ziyod oilaga ajoyib bayram tuhfasi boʼldi.
Yangi binoning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tashkillangan tantanali marosimda Vidoyat Mahalla va nuroniylarni qoʼllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʼi Bahodirjon Holiqov, tuman hokimi Sufhonjon Soliev, sektor rahbarlari, tuman hokimi oʼrinbosarlari, mahalla faollari, jamoatchilik vakillari va nuroniylar ishtirok etishdi.
Tadbirda soʼz olganlar mahalla ahlini eng aziz bayramimiz va yangi binoning foydalanishga topshirilishi bilan samimiy qutlab mamlakatimizda mahalla instituti faoliyatini yanada rivojlantirish, uni eng xalqchil tuzilmaga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan salmoqli ishlar haqida toʼxtalib oʼtishdi.
Mahalla faollari, fidoiylarning yurt ravnaqiga qoʼshayotgan hissalari, mahalla hayotidagi daxldorliklari eʼtirof etildi. Qayd etilishicha, mahalla beshligi hamda hudud aholisi uchun munosib sharoit yaratilgan binoning qurilishiga mahalliy tadbirkor Xolmirza Mamatqulov tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida 230 million soʼm mablagʼ yoʼnaltirildi. Kelgusida ham mahalla ahli va yoshlarga xizmat qiladigan yana bir qator qoʼshimcha loyihalar amalga oshirilishi koʼzda tutilgan.
Tadbir davomida tashkil etilgan bayram tadbirda kuy-qoʼshiq va raqslar koʼngillarga zavq bagʼishladi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi