HOKIM YОRDАMCНISINING SАY-HАRАKАTI BILАN...

×

 2022-08-25 06:55:20    249

PDF yuklash
Chop etish


✍️Bugungi kunda xorijiy mamlakatlarda mehnat migranti sifatida faoliyat olib borayotgan fuqarolar bilan toʼgʼridan-toʼgʼri muloqot qilish orqali ularni sharoitlarini oʼrganish, oilasiga qaytarish choralarini koʼrish hamda bandligini taʼminlashga koʼmaklashish masalalariga katta eʼtibor qatarilmoqda. 
 ✅ “Yoyilma” mahalla fuqarolar yigʼini hokim yordamchisi Mavluda Gʼofurova ham xorij davlatlariga ishlash maqsadida joʼnab ketgan fuqarolar bilan toʼgʼridan-toʼgʼri muloqotni yoʼlga qoʼydi. 
✍️ Hokim yordamchisining saʼyi harakati bilan ushbu mahallada yashovchi fuqaro Shukurullo Turdiboev tadbirkorlik faoliyatini yoʼlga qoʼyib oʼz oilasi bagʼrida daromad manbaiga ega boʼldi. Аyni damda uning sartaroshxonasida mijozlar gavjum.
???? – Menga yaratib berilgan shunday keng imkoniyatlar uchun barchaga maʼsullarga, yurtboshimizga, viloyat va tuman hokimiga, qolaversa, tinib-tinchimas mahallamizning hokim yordamchisiga cheksiz minnatdorchiligimni bildiraman, – deydi sevinch koʼz yoshlari bilan Shukurullo Turdiboev.
✍️ Bu ezgu tadbirlar Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosatning bir koʼrinishi, inson qadrini ulugʼlashga qaratilgan islohotlarning samarasi demakdir.

Rishton tumani hokimligi axborot xizmati


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 180 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab