Xursandchilik hozirdan oʼqituvchilarni ham, oʼquvchilarni ham chuqur hayajonga solmoqda

×

 2022-08-19 05:43:32    309

PDF yuklash
Chop etish


Maktabimiz tashkil topganiga salkam 42 yil boʼldi. Bu davrda muassasa juda koʼp voqealarga guvoh boʼldi. Minglab oʼquvchilarni qaldirgʼoch sifatida katta hayotga uchirma qildi. Ular nafaqat respublikamizning turli burchaklari, balki xorijda ham oʼz ustozlarining ishonchini oqlab mehnat qilmoqdalar.
Maktabimiz oʼquvchilari bir necha yillardan buyon bilimlar bellashuvi, Fan olimpiadasi, Respublika va xalqaro miqyosdagi sport musobaqalari, besh tashabbus tanlovlarida sovrinli oʼrinlarni egallab kelmoqdalar. 
 Bu yutuqlar maktabimiz direktori M. Ismatova, oʼquv ishlari boʼyicha direktor oʼrinbosari Sh. Mirazizova tomonidan taʼlim jarayonini toʼgʼri rejalashtirilgani hamda tashkil etilgani, qolaversa, tajribali ustozlarning fidokorona mehnati mahsulidir. Ular davlat taʼlim standartida belgilangan ustuvor maqsadlarni koʼzlagan holda “Dars — muqaddas” shiori ostida yangi pedagogik texnologiyalar, innovatsiyalardan samarali foydalangan holda saboq berib kelmoqdalar.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 12-13 may kunlari Fargʼona viloyatiga tashriflari davomida berilgan topshiriqlariga asosan bizning maktab ham bir necha oʼn yillikdan soʼng kapital taʼmir dasturiga kiritildi va yangi qiyofa kasb etdi.
2022-2023 oʼquv yilini ilmsevar bolajonlarimiz ana shu zamonaviy uslubda taʼmirdan chiqqan hamda ilgʼor uskunalar bilan jihozlangan maktabda boshlaydi. Taʼtil davri boʼlishiga qaramay, bu xursandchilik hozirdan oʼqituvchilarni ham, oʼquvchilarni ham chuqur hayajonga solgan. Shu kunning kelishini intiqlik bilan kutmoqdalar.
Bunday sharoitda bekamu koʼst ish boshlash biz, ustozlarga ham katta masʼuliyat yuklaydi, erishgan yutuqlarimizni yanada koʼpaytirishga undaydi.
Аxir, zamon talabiga mos xonalarida, barcha anjomlar bilan taʼminlangan sport zalda, barcha zarur adabiyotlar bilan boyitilgan kutubxonada faoliyat olib borish, izlanish, yangi taʼmirdan chiqqan faollar zalida 5 muhim tashabbusning birinchi boʼgʼinida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida ijod qilish kimga zavq bagʼishlamaydi, deysiz!!!

Mahbubaxon MАXSUDOVА,
26- umumiy oʼrta taʼlim maktabi oʼqituvchisi


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 75 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab