Mahallabay ishlash orqali odamlarning taqdirini oʼzgartirish mumkin - hokim yordamchisi
2022-08-18 14:59:41 335
Mahallabay ishlash tizimi mahallalardagi muammolar, aholi turmushidagi muhim masalalarni birgalikda hal etish, har bir hududni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, mahallaning «oʼsish nuqta»larini aniqlash imkonini bermoqda. Shu asosda har bir mahallaning oʼziga xos hayot tarzidan kelib chiqib, hududlarni rivojlantirish dasturlari va kambagʼallikni qisqartirish rejalari ishlab chiqilgan boʼlib, tumanimizda bu borada keng koʼlamdagi ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun hududdlardagi xotin-qizlar va yoshlar bandligini taʼminlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, «mahallabay» ishlash tizimi asosida mahallaning oʼsish nuqtasini aniqlash va uni rivojlantirish masalalariga eʼtibor qaratilayotganini eʼtirof etish joiz..
Xususan, hududlarda «lider tadbirkorlar» soni oshib bormoqda. "Birlashgan" MFYda faoliyatini boshlayotgan Isomiddin Oʼrinboev donni qayta ishlash zavodini qurish orqali yangi ish oʼrinlarni koʼpaytirishni rejalashtirilgan.
— Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan mahallabay tizimi hokimiyat organlari va jamoatchilik boshini qovushtirib, aholi manfaatlari yoʼlida faoliyat yuritishlariga zamin yaratyapti, – deydi "Birlashgan" MFY hokim yordamchisi Ravshan Saidov. – Eng muhimi, bunday yaxlitlik umumxalq harakatiga aylanib, joylarda yillar davomida toʼplanib qolgan masalalarga oʼz vaqtida yechim topish koʼlamini oshirmoqda. Chunki hamma masalalar mahallaning oʼzida hal boʼlsa, odamlar oʼz muammosi bilan idorama-idora sarson boʼlib yurmaydi. Bu tizim orqali har bir insonning dardini tinglash, uning qismatini tubdan oʼzgartirish mumkin.
"Birlashgan" MFY hokim yordamchisi Ravshan Saidov kecha lider tabdirkor bilan uchrashib, donni qayta ishlash zavodida davom etayotgan qurilish jarayonlari bilan tanishdi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi