Yoshlar masalalari muhokama qilindi
2022-08-17 13:02:35 311
Rishton tumanida yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini taʼminlash, muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar boʼyicha mahallalardagi yoshlar yetakchilari ishtirokida Rishton tuman hokimligi majlislar zalida tahliliy tanqidiy yigʼilish oʼtkazildi.
Oʼtkazilgan yigʼilishda mahallalardagi yoshlar yetakchilari tomonidan "Yoshlar daftari"ni yuritilishi va daftarga kiritilgan yoshlarga koʼrsatilayotgan yordamlar, Yoshlarni boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazish maqsadida oʼtkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, yoshlar oʼrtasida sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar taxlil qilindi.
Oʼtkazilgan yigʼilishda Yoshlar masalalari boʼyicha hokim oʼrinbosari Z.Umarov, Yoshlar ishlari agentligi Rishton tuman boʼlimi boshligʼi M.Аlijonov, Xokim yordamchisi R.Saidovlar ishtirok etishdi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi