Rasmiy munosabat
2022-08-16 07:19:31 329
“Olimjon Haydarov” oʼzining feysbukdagi sahifasida Rishtondagi kulolchilik markazidagi doʼkonlar auktsionga qoʼyilmoqda, deb iddao etilgan videomaterial eʼlon qilindi. Ushbu materialda keltirilgan holatlar umuman tasdigʼini topmagani bildirilib, quyidagilar maʼlum qilinadi:Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 mart kungi KULOLChILIKNI JАDАL RIVOJLАNTIRISh VА QOʼLLАB-QUVVАTLАSh ChORА-TАDBIRLАRI TOʼGʼRISIDА qarorining 11-bandiga koʼra, Rishton tumanidagi «Xalqaro kulolchilik markazi»dagi kulollarga quyidagi imtiyozlar berilgan.«Oʼzsanoatqurilishbank» АTBning Fargʼona viloyati Rishton tumanida tashkil etilgan «Xalqaro kulolchilik markazi» hududida kulollar uchun qurilgan xonadonlarni ular tomonidan sotib olish maqsadida:
«Oʼzsanoatqurilishbank» АTB tomonidan xonadonlar qiymatining 50 foizi miqdorida kulollarga boshlangʼich badalsiz, faqat mazkur xonadonlar garovi ostida 20 yil muddatga, 3 yil imtiyozli davr bilan, Markaziy bankning asosiy stavkasida ipoteka kreditlarini ajratish;
xonadonlar qiymatining 50 foiz miqdorini «Oʼzsanoatqurilishbank» АTB tomonidan qoplab berish haqidagi takliflari maʼqullansin.
Ushbu qarorga koʼra, xonadonlarning umumiy narxining 50 foizi yaʼni 10 mlrd sum miqdoridagi summa bank tomonidan toʼlab berilgan.Kulollar uchun 3 yil imtiyozli davr bilan ipoteka kreditlari ajratilgan.Bundan tashqari, Oʼzsanoatqurilishbank tomonidan kulolardan mahsulot xarid qilish uchun 200 million sumdan ortiq miqdoridagi summa ajratilib kulolchilik mahsulotlar sotib olingan.Yaqinda qurilish boʼyicha qilingan murojaat ham quruvchi tashkilot tomonidan bartaraf etilishi kelishib olingan edi.
Shuni aytish joizki, xalqaro kulolchilik markazi aynan anʼanaviy kulolchililik bilan shugʼullanadigan ustalar tashabbusi bilan barpo etilgan.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi