JURNАLISTLАR "HUNАRMАNDLАR MАRKАZI"DА OLIB BORILАYoTGАN ISНLАR BILАN TАNISНISНDI
2022-08-05 14:27:40 444
Bugun 2022 yil 5 avgust kuni АOKА direktori va viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan rejaga muvofiq Rishton tumanida navbatdagi Press-tur oʼtkazildi.
Mazkur tadbirda tumanda faoliyat yuritayotgan jurnalistlar, ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etdilar.
Press-tur qatnashchilari dastlab “Qalaynav” MFY hududida bunyod etilayotgan “Hunarmandlar markazi”dagi qurilish ishlari jarayoni bilan tanishdilar. 0,8 gektar maydonni egallagan 2 qavatli “Hunarmandlar markazi”ning loyiha qiymati 2,4 mlrd soʼmni tashkil etadi. 16 nafar hunarmand xonadonini ish bilan taʼminlay oladigan markaz loyihasi uchun “Oʼzsanoatqurilishbank” АTB tomonidan imtiyozli kredit ajratilgan.
Bugungi kunda majmuada qurilish ishlari poyoniga yetay deb turibdi. Majmua Mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi.-Prezidentimiz tomonidan hunarmandlarga katta eʼtibor berilmoqda. – dedi tuman hokimining oʼrinbosari Nozimxoʼja Oripov. – Ushbu majmuaning foydalanishga topshirilishi Rishton hunarmandchiligini yangi bosqichga olib chiqadi.
Majmua ish boshqaruvchisi Dilshodjon Mastonovning taʼkidlashicha, “Аlьfa-invest”, “Rishton binokor”, “Nurafshon” kabi MChJlar quruvchilari obʼektni tez va soz qurib bitkazish va foydalanishga topshirish uchun astoydil harakat qilishmoqda.
Press-tur ishtirokchilarining ikkinchi manzili “Oq yer” MFY hududida joylashgan “Chinor-2020 plyus” MChJ tomonidan qurilayotgan “Hunarmandlar markazi” boʼldi. Ushbu majmuaning loyiha qiymati 10 mlrd soʼmni tashkil etadi. Majmua Rishton tumani turistik salohiyatining yanada rivojlanishiga hissa boʼlib qoʼshiladi. Yirik inshoot ikki qavatli boʼlib, 1-qavati hovlisida 15 nafar hunarmand oilasi ishlashi uchun uy-joy va doʼkonlar tashkil qilinyapti.
Hunarmandlar oʼzlari ishlab chiqargan mahsulotlarini shu yerda joylashgan koʼrgazmalar zaliga qoʼyishi, sotishi va buyurtma olishi mumkin. Binoning 2-qavati foydalanishga topshirilgach bu yerda 500 nafar yoshlar kulolchilik mahsulotlariga bezak berish ishlarini amalga oshiradilar.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi