Oʼzini-oʼzi band qilmoqchi boʼlgan yoshlar qoʼllab-quvvatlanmoqda

×

 2022-08-05 14:24:07    406

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumanida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan hamda kasb-hunarga iqtidorli boʼlgan yoshlarga ish faoliyatini boshlashlari uchun “Yoshlar daftari” jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan kerakli jihozlar taqdim etish ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.
Аytish joizki, Rishton tumanida bugungi kunda roʼyxatga kiritilgan yoshlarga koʼmak berish ishlari izchil davom ettirilmoqda. 
Jumladan, bugun tumanida "Yoshlar daftari"ga kiritilgan ishsiz fuqarolarning bandligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 250-sonli qarori asosida "Yoshlar jamgʼarmasi" mablagʼlari hisobidan 25 nafar yoshlarga oʼzini-oʼzi band qilishlari va daromad topishlari uchun subsidiya asosida mehnat qurollari berildi.
Tumanda oʼzini-oʼzi band qilish niyatida boʼlgan yoshlar tuman hokimligi tomonidan har tomonlama qoʼllab-quvvatlab kelinmoqda.


<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 92 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab