Sertifikatlar topshirildi
2022-08-05 14:01:00 328
Bugun Rishton tumani hokimi oʼrinbosari-Oila va xotin-qizlar boʼlimi boshligʼi M.Bekmirzaeva tomonidan, « Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash» markazida 16 soatlik oʼquv kurslarini tamomlagan yosh yigit qizlarga, oʼquv darslarini tamomlaganligi boʼyicha sertifikatlarni taqdim etdi.Shuningdek, tadbir davomida M.Bekmirzaeva tomonidan yosh nikoxlanuvchi oilalarga, zamonaviy oilaning namunali shaklini hamda «Oila — muqaddas», «Sogʼlom oila — sogʼlom jamiyat», «Oila — jamiyat va davlat himoyasida» va «Farovon oila — jamiyat ravnaqining asosi» kontseptual gʼoyalari xususida va nikohlanuvchi shaxslarni oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va byudjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari, oilalar mustahkamligini taʼminlash, oilaviy ajralishlarning oldini olish, nikohlanuvchi shaxslarda oilaviy qadriyatlarni hurmat qilish, oilalarda sogʼlom maʼnaviy-axloqiy muhitni yaratish hamda ibratli ota-ona boʼlishlari yuzasidan oʼz tavsiya va maslahatlarini berdi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi