MFY raislariga sertifikatlar topshirildi
2022-08-01 18:58:13 388
Rishton tumanidagi 71 ta mahalla fuqarolar yigʼinlari raislari 25-30 iyulь kunlari mahalla istitutini rivojlantirish, uning jamiyatdagi oʼrni va nufuzini oshirish hamda mahalla raisining aholi muamolarini xal etishdagi ustuvor yoʼnalishlari boʼyicha 36 soatlik oʼquv kursini muvofaqqiyatli tugatishgan edi.
Shu munosabat bilan bugun tumandagi Musiqa va sanʼat maktabi binosida MFY raislariga sertifikat topgirish tadbiri oʼtkazildi.
Tadbirda Mahalla va nuroniylarni qoʼllab quvvatlash vazirligi boʼlim boshligʼi oʼrinbosari S. Murodov, Oliy taʼlim vazirligi xodimi Z. Аbduvaliev, viloyat Mahalla va nuroniylarni qoʼllab quvvatlash boshqarmasi boshligʼi B. Xoliqov, Rishton tumani hokimi S. Solievlar ishtirok etdilar.
Tadbir soʼngida maxalla fuqarolar yigʼinlari raislariga Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi sertifikati, MFY raisi guvohnomasi va mahalla raisi nishonlari topshirildi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi