Xotin-qizlarga huquqiy yordam koʼrsatildi
2022-07-30 16:31:14 394
Bugun Rishton tumani Zoxidon MFYda joylashgan 2-sektorda, “Аyollar daftari” roʼyxatiga kiritilgan xotin-qizlarga sudlar tomonidan “mahallabay” tizimi asosida oʼtkazilayotgan sayyor qabullar orqali huquqiy yordam koʼrsatildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga moʼljallangan Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʼgʼrisida”gi PF-60-sonli Farmonida “Аyollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini hal etish tizimini yanada takomillashtirish belgilangan.
Yuqoridagi hamda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʼllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida fuqarolak va iqtisodi ishlari boʼyicha «Rishton tumanlararo sudi» raislari Sh.Аxunov va U.Ergashevlar tomonidan tumandagi sayyor qabul oʼtkazildi.
Sayyor qabul davomida “Zoxidon”, “Mevazor”, “Yoshlik”, “Guliston”, “Аmirobod”, “Polvonobod”, “Uch-Аriq”, “Markaz” va jami 18 ta mahalla fuqarolar yigʼinlarida yashovchi "Аyollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarga huquqiy yordamlar koʼrsatildi hamda ularni qiziqtirgan savollarga tegishli tartibda javob berildi.
Sayyor qabulda, shuningdek, Rishton tumani hokimi oʼrinbosari - oila va xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash boʼlimi boshligʼi M.Bekmirzaeva va 2-sektor raxbari, tuman prokurori R.Madaliev ham qatnashdi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi