Rasmiy munosabat

 2022-07-15 16:52:54    315

PDF yuklash
Chop etish


Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 mart kungi 4985- sonli farmoni, 2018 yil 16 oktyabrdagi 3973-sonli Qarorlariga asosan aholidan tez yordam xizmatiga tushgan chaqiriqlarni qabul qilish uchun markazlashgan Fargʼona viloyat “103 CALL” markazi tashkil etilgan. Аholidan telefon orqali tushgan chaqiriqlar markazlashgan xolda Viloyat “103 CALL” markazida qabul qilinib, soʼngra telegramm orqali viloyatdagi barcha tumanlarga uzatiladi va tuman tez yordam brigadasi orqali tibbiy chaqiriqqa xizmat amalga oshiriladi. Xozirgi kunda viloyat boʼyicha “103 CALL” markaziga chaqiriqlar koʼpayganligi ayrim fuqarolarmizning chaqiriqlarga oʼz vaqtida javob berishning imkoni boʼlmasligiga sabab boʼlmoqda. Tez yordam boʼlimiga chaqiriqlar koʼpayishini oldini olish maqsadida fuqarolarimizdan tumanda faoliyat olib borayotgan KTMP, OP, OShPlarda 8:00 dan 20:00 gacha navbatchilik asosida ish faoliyati olib borish yoʼlga qoʼyilgan boʼlib, shu vaqt oraligʼida xududiy birlamchi tibbiy davolash profilaktika muassasalariga murojaat qilinsa tibbiy yordam olish maqsadga muvofiq boʼladi.
Rishton tumani tibbiyot birlashmasi


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab