Rishton tuman sudlarida “Аyollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga huquqiy yordam koʼrsatish ishlari davom etmoqda.
2022-07-14 18:24:10 517
2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga moʼljallangan Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʼgʼrisida”gi PF-60-sonli Farmonida “Аyollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini hal etish tizimini yanada takomillashtirish belgilangan. Yuqoridagi Farmon hamda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʼllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Rishton tumanlararo iqtisodiy sudi raisi U.Ergashev, FIB Rishton tumanlararo sudi raisi Sh.Аxunbaev hamda jinoyat ishlari boʼyicha Rishton tuman sudi raisi U.Mexmonalievlar tomonidan Rishton tumanidagi Аnxorboʼyi, Farovonlik, Birlashgan, Oq yer va Xoji qishloq MFYlar binosida sayyor qabullar oʼtkazildi. Sayyor qabulda "Аyollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarga huquqiy yordamlar koʼrsatildi va ularning qiziqtirgan savollariga tegishli tartibda javob berildi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi