Yangi xususiy klinika — aholi xizmatida

×

 2022-06-18 12:13:07    468

PDF yuklash
Chop etish


Аholi salomatligini saqlash eng muhim masalalardan biridir. Shu maʼnoda soʼnggi yillarda mamlakatimizda xususiy tibbiyot muassasalarini tubdan rivojlantirish, ayniqsa, tashxis qoʼyish va davolash sohasiga yuqori texnologiyalarni qoʼllash ustuvorlik kasb etmoqda. Yana bir muhim jihat shundaki, aholi, jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga yuqori malakali tibbiy yordam koʼrsatishga qaratilgan xizmatlar koʼlami va turlari sezilarli darajada kengaydi. yaxshilandi.Qolaversa, tibbiyotning xususiy sektorlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy tibbiyot uskunalari, maxsus inventar va asboblar bilan jihozlash, sodda qilib aytganda, har tomonlama qoʼllab-quvvatlash borasida bir qator saʼy-harakatlar olib borilayotir.Аholi sogʼligʼini muhofaza qilish, sifatli tibbiy yordam koʼrsatishda nodavlat davolash muassasalarining oʼrni tobora oshib bormoqda. Zero, sohada olib borilayotgan islohotlar zamirida ham aynan bemorlarga zamonaviy texnologiyalar asosida xizmat koʼrsatish, odamlar ortiqcha vaqt va mablagʼ sarflab, poytaxtdagi klinikalarga bormasliklari uchun har bir hududda tibbiy yordam koʼrsatish tizimini yaxshilashdek muhim vazifalar mujassam.Rishton tumanida ham eng ilgʼor texnologiyalar asosida xizmat koʼrsatadigan xususiy klinikalar soni tobora koʼpayib bormoqda. Rishton tumani Farovonlik mahallasida “Doktor Samiev” nomli xususiy klinikasi foydalanishga topshirildi.Shu munosabat bilan oʼtkazilgan tadbirda tuman hokimligi, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, mehnat faxriylari, sogʼliqni saqlash tizimi vakillari, klinika jamoasi, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etishdi.Jahon andozalariga mos ushbu 2 qavatli tibbiy muassasa – ham shifokor, ham tadbirkor Аlisher Samiev tomonidan bunyod etilidi.Shifo maskanining umumiy loyiha qiymati 2,2 milliard soʼmni tashkil etadi. Bu yerda bemorlarga tashxis qoʼyish va davolash uchun malakali vrach va tibbiyot xodimlari jalb etilgan boʼlib, eng zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan, bemorlar va jamoa aʼzolari uchun barcha zarur sharoitlar bekamu-koʼst yaratilgan.Mazkur xususiy klinika aholiga 5 yoʼnalish boʼyicha xizmat koʼrsatishga ixtisoslashgan boʼlib, bu yerda bir vaqtning oʼzida 10 nafardan ortiq bemor yotib davolanishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Yangi xususiy klinikasining ishga tushirilishi hisobiga 20dan ortiq yangi ish oʼrinlari yaratildi.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 34 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab